avatar
Куч
7.87
Рейтинг
+2.89

Мақолалар

Insho

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi 69-umumiy o’rta ta’lim maktabining 8b – sinf o’quvchisi Bekpo’latova Gulnozaning ,,Mening bobom va buvim mahallamiz faxriysi “ mavzusida yozgan inshosi Mening bobom va buvim mahallaning faxriysi Reja: 1.2015-yil — Keksalarni e’zozlash yili 2. Qarisi bor uyning parisi bor. 3. Qariyalarga hamisha hurmat-izzatdamiz. Agar biz O’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov. 2014-yilning 5-dekabri .Ayni shu kuni soat millari 17:30 ga bong urganda yangi 2015-yilning nomi birinchi marta aytildi. Prezidentimiz bu yilga ,,Keksalarnie’zozlash yili” deb nom berishni taklif etdi.Shu paytda ko’z oldimga keksa otaxonlarimiz-u, munis momolarimiz keldi. CHunki keksalarimiz el-yurtga xizmat qilgan va shungamos iltifotga, yaxshi gapga, hurmat-izzat, e’zozga munosibdir. Ular yoshligini shu aziz Vatan xizmatiga bag’ishlagan, farzand-nabiralarini tarbiyalab, voyaga yetkazib, uyli-joyli qilib, yaxshi –yomon kunlarni, hayot nimaligini, odam qanday yashashi kerakligini ko’rib, bilib, sinagan millatimizni 70-100 yillik tarixiga guvoh xonadonlarimiz fayzi va farishtasidir.

korik-tanlov

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi 69-umumiy o`rta ta`lim maktabining 9-sinf o`quvchisi Karimova Azizaning “Mening bobom va buvim mahallamiz faxriysi” mavzusida yozgan inshosi. Mening bobom va buvim mahallamiz faxriysi. 1.Keksalari e`zozlangan yurt. 2. Qarisi bor uyning, parisi bor. 3. Farishtali uy, sarishtali uy. 4. Nuroniy otaxonlarga hurmat. Keksalarni qilsang hurmat va izzat Keksaygach topursan albatta hurmat (Sadiy sheroziy) Hozirda yurtimizda tichlik va totuvlik shukuhi mujassamdir. Mana shu dorilamon kunlarga yetganimizga, bobojon va buvijonlarimizning hissasi katta. Ularningoq fotiharini olib, ish yuritayotgan insonlarimizning safi kundan-kunga ortib bormoqda. Yurtboshimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov tomonidan “sog`lom bola yili” ning davomi sifatida 2015-yilni “Keksalarni e`zozlash yili” deb e`lon qilindi. Bizning yurtimizda nafaqat yoshlar balki keksalar ham e`tibordan chetda qolmaydi. Shu yilga bag`ishlab yurtboshimiz 2015-yil 19-fevralda “Keksalarni e`zozlash yili” ga atalgan davlat dasturi ishlab chiqildi. Ana shu dasturga binoan, keksalarga hurmat va e`tiborni kuchaytirish, ularni hollaridan xabar olish, sog`liklarini tiklash uchun qanchadan-qancha say-harakatlar qilinmoqda.

Иншо

номли блог samadov1975
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi 69-umumiy o’rta ta’lim maktabining 8b – sinf o’quvchisi Bekpo’latova Gulnozaning ,,Mening bobom va buvim mahallamiz faxriysi “ mavzusida yozgan inshosi
Mening bobom va buvim mahallaning faxriysi
Reja:
1.2015-yil — Keksalarni e’zozlash yili
2. Qarisi bor uyning parisi bor.
3. Qariyalarga hamisha hurmat-izzatdamiz.
Agar biz O’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov.
2014-yilning 5-dekabri .Ayni shu kuni soat millari 17:30 ga bong urganda yangi 2015-yilning nomi birinchi marta aytildi. Prezidentimiz bu yilga ,,Keksalarnie’zozlash yili” deb nom berishni taklif etdi.Shu paytda ko’z oldimga keksa otaxonlarimiz-u, munis momolarimiz keldi. CHunki keksalarimiz el-yurtga xizmat qilgan va shungamos iltifotga, yaxshi gapga, hurmat-izzat, e’zozga munosibdir. Ular yoshligini shu aziz Vatan xizmatiga bag’ishlagan, farzand-nabiralarini tarbiyalab, voyaga yetkazib, uyli-joyli qilib, yaxshi –yomon kunlarni, hayot nimaligini, odam qanday yashashi kerakligini ko’rib, bilib, sinagan millatimizni 70-100 yillik tarixiga guvoh xonadonlarimiz fayzi va farishtasidir. Dono xalqimizning sermazmun maqol-u matallari yoki buyuk metaffakkirlarimizning hikmatli so’zlariga quloq tutsangiz, katta umid va cheksiz ishonch bilan yangi yilimizning Prezident bobomiztomonidan ,,Keksalarni e’zozlash yili’’ deb nomlash taklii bejiz bildirilmaganiga guvoh bo’lasiz. Zero, asrlar davomida o’lmas an’anaga aylanib kelgan, hatto qadriyat darajasiga ko’tarilgan odatlardan biri ham o’zini oq yuvib, oq taragan ota-onasini, oilaning og’ir yukini, uning quvonch-u tashvishini yelkasida ko’tarib kelgan bobo-yu momosini rozi qilish, ularning duosini olishdir. Bu qadriyat har bir inson ongiga murg’akligidan singdirilgan. Faqatgina biz bu haqiqatni anglab yetishimiz kerak. Prezidentimizning birgina so’zlari bilan mustaqillik yillarida keksalarimizning umri kamida 5-6 yillarga uzaydi. SHuning uchun ham ular shod-u mamnun. SHuning uchun ham ular pir-u badavlat. SHuning uchun ham ular duolar qilib yashamoqda.
“Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qari bilganni pari bilmas”, “Qariyalar xonadonimizning fayzi va farishtasi”, “Keksalik donishmandlik”, “Qaring bor barakang bor”, “Yoshning hurmati — qarz, Qarining hurmati — farz” kabi o’nlab maqol va hikmatli so’zlar o’zbekning qalb-mehvariga aylangan.Bu maqolalarning zamirida juda chuqur ma’no-mazmun bor. Mening ikkita bobom va bitta momom bor. Afsuslar bo’lsin-ki otamning onalari 2008-yilning 18-martida kasallikdan vafot etganlar. O’sha paytda biz ularning tuzalib ketishlariga chin dildan ishonib, sumalak tayyorlagan edik. Ming afsuslar bo’lsinkim o’limning oldida hamma narsa ojizlik qilar ekan. Ammo yana bir momom hali tiriklar-ku! SHunga ham ming qatla shukr.Bobolarim va momom menga o’tgan kunlari haqida so’zlab berar ekanlar, ko’zlariga yosh olib gapirib beradilar. Ammo hozirgi zamonda yashayotganlaridan mingdan – ming roziliklarini aytadilar. Onajonimning otasi, ya’ni bobomDavronov Tal’at ko’pdan-ko’p ishlab davlatimizga xizmat qilganlar. Momom Davronova Halima uybekasi bo’lganlar. Otajonimning otasi ya’ni bobom Bekpo’latov Qorjov davlatimiz tomonidan rag’batlantirilib, medallar ham olganlar. Biz hozirgi zamonyoshlari eng avvalo keksalarimizni asrab-avaylashimiz, biz uchun ham farz, ham qarzdir. Dunyoda hamma narsaning iloji bor. Ammo bu dunyodan o’tganlarni qaytarishni iloji yo’q.Xonadonlarimiz ko’rki bo’lgan pir-u badavlat keksalarimizni hurmat qilish, ularning duosini olish dunyodagi eng ulug’, eng savobli ish ekanligi uqtirilgan. Ming yillik asotirlarimiz bitiklarimiz ham shundan dalolat beradi.
Dunyoning ayrim joylarida keksalarga hurmat kamayib borayotgani afsus bilan ko’p aytiliyapti. Keksalarni e’zozlash — azaliy, milliy fazilatlarimizdan bo’lib, hurmat-izzat, e’tibor, etirofdan hamyuqori turadi. Chunki bizda keksalar ko’cha-ko’ydami, to’y-ma’rakadami, bozor-umahalladami, duch kelgan keksa kishi,tanishmi,notanishmi e`zozlangan.Bu har birimizning burchimiz hisoblanadi. Pand nasihatga boy satrlari bilan necha-necha avlodni tarbiya qilgan, XIII asrning shoiri Fariddin Attorning <Keksalarni etsang aziz-uhurmat, seni ham keksaygach, etishar izzat>kabi baytlari yoshi ulug` odamlarga e`tiborli bo`lish va ularga g`amxo`rlik qilishning madaniyat darajasiga ko`tarilishiga xizmat qilgani, shubhasiz.Bunday iboralarni qon-qonimizga singib, ketgan muqaddas kitoblarimizda, Qur`oni karim va Hadisi sharifda ham uchratamiz. Xususan, bir hadisda shunday deyiladi:”Soch-soqollariga oq tushgan musulmon kishini, Qur’oni karimni kibrlanmasdan unga amal qilishdan yuz o’girmaydigan hofiz ul-Qur’onni va adolat bilan ish olib boradigan amaldorni hurmat qilmoq Alloh Taoloni hurmat qilmoqning belgisidir”. Ko’rinib turibdiki, azal-azaldan keksalarga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko’rsatish muqaddas kitoblarimiz, bebaho xazinaga aylangan ajdodlarimiz ruhida tarbiyalangan madaniyatli,ma’rifatli, eng muhimi, yuksak ma’naviyatli xalqimiz ma’naviy hayotining tom ma’noda ajralmas qismiga aylangan. Keksalarimizning duoga qo’l ochgan yoki Yaratganga murojaat qilgan qo’llarini eslatuvchi daraxtlarning butoqlari-yu, nuroniy onaxonlarimizning oppoq sochlari kabi butoqlarini sekin siypalab yog’ayotgan oppoq qor parchalariga boqar ekanman, leytenant Farxod Mirzayevning shunday she’ri ko’zoldimda gavdalanib, namoyon bo’ladi:
Olam sahni qanchalar keng, yo’q sarhadi,
Odam kongli esa shuncha tong’ tormikan.
Ellar ko’pdir, ammo bizning diyor kabi,
Keksalarni e’zozlagan yurt bormikan?
Kechagina chilvir sochli onasining,
Boshidagi qirovmikan? Yo qormikan?
Biz singari boshga qo’yib qarisini,
Keksalarni e’zozlagan yurt bormikan?
Ilohim nuroniy otaxonlarimiz-u, munis momolarimizning umrlari uzayaversin.
Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
Ajin tushsin yuzlariga, dog’ tushsin.
Har kimning ham quvvat ketib belidan,
Qo’llariga aso – bir tayoq tushsin.
Imoni sof, yuzga kirib yorug’ yuz,
To’ylar ko’rib yelkasidan tog’ tushsin.
Jismiga so’nggi safar oldidan,
O’z bolasin qo’lidan tuproq tushsin.
(O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf )